Xizmat shartlari

Google chat xususiyatlaridan (bundan keyin “Xizmat”) foydalanish orqali siz Google xizmat shartlari, Google maxfiylik siyosati va quyidagi qo‘shimcha shartlarga (birgalikda “Xizmat shartlari”) rozilik bildirgan hisoblanasiz. Chat xususiyatlari telefon raqami orqali ishlaydi. Shu sababli chat xabarlari boshqa xizmat provayderlari orqali telefon raqamiga yetkaziladi. Biz Xizmatni taqdim etish uchun kontaktlaringizda chat xususiyatlari ishlash-ishlamasligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turamiz. Siz bunga rozilik bildirgan hisoblanasiz. Google telefoningiz raqamini tasdiqlash va Xizmatni taqdim etish maqsadida qurilmangiz haqidagi axborotni, shu jumladan, qurilma identifikatorlari yoki SIM karta haqidagi axborotni onda-sonda operatoringiz bilan almashib turadi. Bu Xizmat shartlari aloqa operatoringiz taqdim etadigan xususiyatlar va xizmatlarga nisbatan (masalan, uyali tarmoq orqali chaqiruvlarga va xabarlarga, shu jumladan, SMS/MMS almashinuviga) amal qilmaydi. Siz xohlagan vaqtda xabar almashinuv ilovasi sozlamalariga kirib, bu Xuzmatni faolsizlantirish orqali undan foydalanishni to‘xtatishingiz mumkin.

Bu xizmat Google LLC tarkibiga kiruvchi Jibe Mobile, Inc. tomonidan taqdim etiladi.