RCS chat xizmat shartlari

Google RCS chatidanfoydalanish orqali Google xizmat shartlari, Google maxfiylik siyosati va ushbu RCS chat shartlariga (oʻzaro “Xizmat shartlari” deyiladi) rozilik bildirasiz. RCS chat boshqalarning telefon raqamlariga xabar yuborish imkonini beradi, shuning uchun xabarlar Google orqali, baʼzi hollarda esa boshqa xizmat koʻrsatuvchi provayderlar (masalan, operatorlar yoki boshqa xabar almashish ilovalari) orqali oʻsha telefon raqamlariga yetib boradi. Siz RCS chatlarini qabul qilishingizga ishonch hosil qilish uchun qurilmangiz va kontaktlaringizdagi qurilmalarning RCS imkoniyatlari vaqti-vaqti bilan tekshirilishiga rozilik bildirasiz. Google telefoningiz raqamini tasdiqlash va RCS chat xizmatini taqdim etish maqsadida qurilmangiz haqidagi axborotni (jumladan, qurilma identifikatorlari yoki SIM kartaga oid axborotni) vaqti-vaqti bilan operatoringiz bilan almashib turadi. RCS chat funksiyalaridan foydalanishda trafik sarfi uchun haq olinishi mumkin. Bu Xizmat shartlari aloqa operatoringiz taqdim etadigan funksiyalar va xizmatlarga nisbatan (masalan, uyali tarmoq orqali uzatiladigan chaqiruv va xabarlarga, jumladan, SMS va MMS almashinuviga) amal qilmaydi. Google Xabarlar ilovasida ushbu sozlamani oʻchirish orqali RCS chatidan foydalanishni toʻxtatishingiz mumkin.

RCS chat Jibe Mobile, Inc. tomonidan taqdim etiladi va shartnoma bevosita u bilan tuziladi. Manzili: 1600 Amphitheatre Parkway, Mountain View, CA 94043 USA. Telefon raqamingizning mamlakat kodi Yevropa iqtisodiy hududi yoki Shveysariyaga tegishli boʻlsa, u holda Jibe Mobile Limited kompaniyasi (Manzili: 70 Sir John Rogerson’s Quay, Dublin 2, Ireland) RCS chatini taqdim etadi va shartnoma bevosita u bilan tuziladi. Bu holda ushbu Shartlar amal qiladi.